Obid Asomovning hayoti
hamda ijodi
Obid Asomov 1963 yil 22 oktyabr kuni Toshkentning Chilonzor tumanida tavallud
topgan. Otasi - Asomov A’zam Abbosovich. Onasi - To’xtaxon Asomova. Oilada 4 ta
farzand bo’lishgan. Ikki o’g’il va ikki qiz(ming afsuski bevaqt o’lim Sobit
Asomovni ularning orasidan erta olib ketdi). 1971 yil jajjigina Obid 128 o’rta
maktrabga o’qishga chiqqan. Buni qarangki, boshqalardan farqli ravishda Obid
Asomov maktabga 8 yoshida chiqqan. Oktyabr oyida tug’ilgan bo’lganligi uchun 7
yoshga yetmagan, - deb 1970 yil maktabga qabul qilishmagan. Yosh yigitchada 4 -
sinfdan boshlab rasm chizishga qiziqish uyg’ona boshlagan. 8 sinfgacha maktab
darslari bilan paralel ravishda Respublika pionerlar saroyida rassomchilik
to’garagiga ham qatnagan. So’ng Binkof nomli rassomchilik bilim yurtida 4 yil
tahsil olib, qizil diplom bilan o’qishni bitirgan. Shu orada qiziq bir tasodif
tufayli qiziqchilikka ilk qadamlar qo’yilgan. Qiz sinfdoshlarini ota-onalari
yosh bo’lishiga qaramay 8 sinfni tamomlagani zahoti birin-ketin uzatishni
boshlashgan. Uzatilayotgan qizlarning birini to’yida o’rta olib boradigan odam
bo’lmay qolgan. Ashulachi-yu, sozanda bor, aynan o’rta olib boruvchi yo’q.
Sozandalardan biri bir guruh yigitlarni(bu bir guruh yigitlar – Obid Asomov hamda
uning sinfdoshlari edi) oldiga kelib, "orangizda xonandalarga navbat beradigan,
gapga usta bolalar yo’qmi?”, - desa barcha sinfdoshlar bir bo’lib, qo’lini
bigiz qilib, mana deya Obidni ko’rsatishadi. Sinfdoshlarni aynan Obidni
ko’rsatganligiga sabab, kichik Obid maktabda hazil-huzul qilib, latifalar
aytib, hammani kuldirib yurganligi uchun bo’lsa ajab emas. Ilk bor to’y
xashamda mikrofonni qo’liga ushagan yigitcha hali kelajakda eng mashhur
qiziqchi bo’lib yetishishini tasavvur ham qilmagan edi. Birinchi to’y olib
borishi el nazariga tushgan shekilli, keyin uyga eshik taqillatib keladigan
bo’lib qolishgan. Bir-ikkitasiga rad javobini berishiga qaramay to’ylarga
taklif qilaverishdi.. Bir tarafdan rassomchilik uchun bo’yoq va boshqa
anjomlariga pul kerak, to’ydan esa aynan mana shu sarf-xarajatni qoplaydigan
pul tushib turibdi, kimga ham yoqmaydi, deysiz. Pulga to’yga chaqirgandan
keyin, o’sha olayotgan pulini oqlash kerak, buni tushungan bo’lajak
san’atkorimiz o’z ustida ishlay boshladi. Mirzabek Xolmedov u paytda eng zo’r
qiziqchi edi. Palon to’yga Mirza kelibdi, - desa, yarim Toshkent ko’chib borardi. Hatto, Mirzani
vaqtiga qarab to’ylar belgilanardi. Rassomchilikni bitirayotgan paytida Obid
Asomov ismini ham butun Toshkent
bilib boshladi. Shu orada rejissor Hamid Qahramonov "Shunchaki hazil” nomli
ko’rsatuv chiqardi.
1983 yili mana shu ko’rsatuvga taklif qilishdi va birinchi marta TVda Obid
Asomov paydo bo’ldi. Institutni a’lo baholar bilan bitiganligi uchun Rossiya
poytaxti Moskvadagi Surikov institutiga rassomchilik bo’yicha tahsil olishga
yo’llanma berishgan. Obid Moskvaga borib reja tuzadi, "agar Surikov institutiga
o’qishga kira olsam, demak Moskvada yashayman, qiziqchilik yig’ishtiriladi,
faqat rassomchilik bilan shug’ullanaman. Agar kirolmasam rassomchilik ikkinchi
o’ringa o’tib, qiziqchilik birinchi o’ringa chiqadi”. Imtihonlardan so’ng,
o’qishga kira olmaganligi ma’lum bo’ladi. Birgina yo’nalish bo’yicha ikki baho
olganligi uchun imtihonlardan o’ta olmaydi. Agarda hamma bahosi 3 bo’lgan
taqdirda ham o’qishga qabul qilinar edi. Chunki 16ta Respublikaga bittadan joy
berilgan. O’zbekiston nomidan esa aynan Obid Asomov borgan. Institut rektori
Bandarenko Asomov chizgan rasmlarimni ko’rib, imtihonlardan oldin oldiga
chaqirtirib, "Restovratsiya” fakultetiga kirishini tavsiya etganda, abiturient
Asomovning g’ururi yo’l qo’ymay, "Jivopis”ga hujjat topshiradi. Imtihonlar
yakuni esa sizga ma’lum. Toshkentga qaytib kelgach, qarasaki hamma
tanish-bilishlari o’qivotti, hatto ba’zilari Rossiyaga borib o’qishga kira
olmaganligidan kulishgan ham. Mana shu ustidan kulganlar uyalib qolsin, deb
keyingi yili Rassomchilikka o’qishga kiradi.
1984 yilda o’qishga kirgan talaba
Asomov institutni 5 yil(aslida o’qish 6 yil bo’lgan) o’qib qoldirib ketishga
majbur bo’ladi. Chunki, 5 - kursda
tahsil olayotgan Obid har kuni TVga chiqar edi, to’ylarga borar edi. Institut
dekaniga esa bu hol yoqmas edi. Yoki qiziqchilik, yoki o’qishni tanlashiga
to’g’ri kelgan. Shunda Obid Asomov hech ikkilanmay ariza yozib, o’qishni
yig’ishtiradi. 1989 yilda taniqli kinorejissor Latif Fayziev kinosinovga
chaqiradi va Obid Asomov kinodagi o’z ishini Hindiston bilan birgalikda suratga
olinayotgan "Ovchi” filmidan boshlaydi. Ilk filmning o’zi anchagina omadli
keladi. Ya’ni,. ikkinchi rejissor Umesh Mehra bo’lgan "Ovchi” filmida o’sha
paytning super yulduzi Mitxun Chakroborti bilan birgalikda filmda rol ijro
etadi. Mana shu filmdan so’ng turli filmlarga takliflar ko’paya boshladi.
Oradan ko’p muddat o’tmay Mirzabek Holmedov, To’xtamurod Azizov, Botir Muhammadxo’jaev,
Sobit Asomov va Obid Asomov 5 kishi bir bo’lib, "Ko’zgu” nomli teatr tashkil
etishadi. "Ko’zgu” teatri qisqa fursat ichida tan olinib, xalq ko’nglidan joy
oladi. Hatto, Xalqlar Do’stligi saroyida o’sha paytning "rekord ko’rsatkichi” -
14 kunlab ikki mahaldan konsert ham beriladi. Bu orada Obid Asomov hozirgi
"O’zbeknavo”, o’sha paytdagi "O’zbekestradasi”da ham faoliyat yuritadi. 1993
yilda Obid Asomovning orzularidan biri ushaladi. Aniqroq qilib aytadigan
bo’lsak, "Obid-A” teatrini tashkil qiladi. Hozirda Obid Asomov 4ta
shirindan-shakar farzandlarning otasi. 3ta qiz va bitta o’g’il. Dilorom,
Nargiza, Odilxon hamda Nozima.
|