Yakshanba, 19.05.2024, 08:33
SmS Sherlar va Eng yangi Mp3lar Faqat bizda
Приветствую Вас Гость | RSS

Меню сайта
Мини-чат
Наш опрос
Saytimiz sizga yoqdimi
Всего ответов: 40
Статистика

Online: 1
Mexmon: 1
Foydalanuvchi: 0
Главная » 2011 » Yanvar » 7 » KIM OPERATSIYA XONASIDAN QOCHIB KETGAN?
07:51
KIM OPERATSIYA XONASIDAN QOCHIB KETGAN?


Bugungi "Bolaligim" sahifasi orqali "Marka" guruhining yoshligi haqida bilib olasiz. Suhbat chog'idagi eng qiziq suhbatni o'qishga sizlarni chorlar qolamiz.

-Assalomu alaykum! Hush kelibsizlar



-Assalomu alaykum!
- Bolalik deganda ko'z oldingizga nima keladi?
- Dilshod: Nimagadur o'zimni hali ham yosh bola deb his qilaman. Lekin umuman olganda, yoshlikka ta'rif beradigan bo'lsam bolalik muammosiz hayot. U payt kichkinagina biror muammo bo'lsa juda kattadek tuyulardi ammo hozir ana shuni eslasam u muammo umuman muammo emas ekan. Balki yillar o'tib 40-50 yoshga kirganimda hozirdagi muammo ham unchalik muamomasdek tuyular. Lekin bolalik juda antiqa davr sababi biror ayb ish qilinsa kechirilib ketiladi. Ammo meni yoshlikda juda erkalatib yuborishganini ko'pchilik aytadi hatto do'stim Javlon ham shunday deydi.

- Javlon: Yoshlik bolalik deganda ko'z oldimga magnitafonim, bastakor bo'laman deb orzu qilganim va albatta sevimli kassetalarim ko'z oldimga keladi. Bolalikda sevimli insonim Maykl Jeksonga juda havas qilardim. Bilasizmi agar inson bolalikdan kimgadir havas qilsa, shu insonga aylanib qolar ekan. Demoqchimanki men ham, meni hamma tanishini istagan edim. Orzuim shukurki amalga oshdi. Yoshligimda juda ham haqiqat parvar bo'lganman hozir ham shundayman. Lekin juda yuvosh bo'lganman. Bolalikda ko'chaga juda kam chiqardim chunki

Suhbatga Dilshod qo'shilib:

- Dilshod: Yig'loqi bo'lgan, yig'loqi

- Javlon: Yo'q yig'loqi deyilmaydiku.

- Dilshod: Yig'loqi deydi. Hop degin.

- Javlon: Yo'q, yo'q yig'loqi deyilmaydi rasm chizib o'tirardim.

- Dilshod: Qalamini olib qo'ysa yig'lab o'tirardi.

- Javlon: Yo'q yig'loqi, urishqoq emas, urishqoqlarga reja tuzib berar edim.

- Dilshod: Ha to'g'ri, juda aniq va to'g'ri reja tuzadi.O'zimni bolaligimga keladigan bo'lsak yuvosh bola emaku juda sho'x bola bo'lganman. Bog'chaga oborishsa gruppadan ko'chaga chiqib ketar edim. Uyga kelsa ko'chaga chiqib ketardim, yana kinolarda yugurib uchib yuradigan bosh qahramonlarga o'xshashni juda istaganman. Ko'chaga chiqib ularga havas qilgan holda amalda sinashni yaxshi ko'rar edim. Esimda qolgani oynai jahonda "Superman"i ko'rib ko'chada daraxtdan sakrashim kerak edi. Reja bo'yicha hammasi yaxshi ketayotgan edi. Oorqamda plashim haqiqiy emas ediku

- Javlon: Vannani pardasini yertib olgansan

- Dilshod: Ha ya'ni pardani osib sakramoqchi bo'lib sakragan edim. Ming afsuski bu umuman o'xshamagan va esda qolarlisi lat yeganman.

- Javlon: Hozir Dilshodni gapidan meni ham esimga bir narsa kelib qoldi.

- Dilshod: Hozirgina o'ylab topdim degin (kulib)

- Javlon: Yo'q. Senga ham aytib bergan edim.

- Dilshod: Esimda.

- Javlon:Ko'chada ota-onam mashinaga meni o'zimni tashlab ketishganida hayolga berilib, kino qahramoniga o'xshashni istab kimdirlarni mashinadan tushib , harakatlarini qilib karatislarga o'xshab hammani urib sakrab yurganman. Shu shu ozroq vaqt o'tgach sekinlik bilan qarshimda turgan ikki yigitga qarasam meni ustimdan rosa kulishgan, o'sha payt juda qattiq uyalib ketganm edim. Shu mashinaga bekinib olib o'tirgaman. Mana shunaqa voqealar ham hayotimda ro'y bergan.

- Yoshlikdagi laqablaringiz qanday bo'lgan?

- Dilshod: O'zi men bolaligimdan ya'ni bog'cha paytdan qo'shiq kuylashga qiziqqanman. O'sha payt "Xo ya la yala qizgina", "Jamalagi tilo qizgina", "Bozorga boradi qizgina" do'ppi oladi boshi og'riydi, shunga o'xshash qo'shiqlarni kuylaganimda ko'pchilik meni hopiz deb chaqirgan. Ismlardan kelib chiqadigan bo'lsak, ismim Dilshod bo'lgani uchun, Dilshodlarga juda ham moda bo'lardi hattoki she'r ham to'qishgan. Dili, Dili dumbali dumbasidan uzvoli dumbasi yoliqqina somsaga boliqqina qo'shig'ini ham to'qishgan. Bilganlarim shu, eng esimda qolgani Dili Dili dumbali.

- Javlon: Meni esa negadir toshbaqa deb chaqirishgan, sababi hamma ishni juda sekin qilganim uchun. Undan keyin "Jekson" deb chaqirishgan sababi sevimli insonim Maykl Jeksonga taqlid qilib raqsga tushishni juda yaxshi ko'rar edim. Yana "Joker" deb chaqirishgan bu nom menga juda yoqanligi sabab,taxallusim Mr Joker ko'pchilik meni ismimni bilmaydi hatto.

- Yoshlikda nimalardan qo'rqar edingiz? Misol uchun tish do'xtiri…

- Javlon: O', men do'xtirlardan rosa qo'rqaman. Hatto bolalikda doktor stolidan juda qo'rqqanman hatto operatsiya xonasidan qochib ketganim ham esimda. Albatta bolalikda hamma bir narsadan qo'rqadi kimdir kuchukdan, kimdir balandlikdan yana kimdur qorong'ulikdan men esa doktorlardan hozirgi kungacha qo'rqaman. Hozirgacha do'xtirga borib qolsam qo'limdan qon olish kerak bo'lib qolishsa ham qo'rqaman lekin bildirmaslikka harakat qilaman. Bir-xillari bilib qolib, ha uka qo'rqar ekansiz a deyishadi. Ha qo'rqaman deb qo'yaman.

- Dilshod: Men 3 sinfgacha devzra guruchidan qo'rqardim. Chunki bog'chada obetda uhlamasam hozir devzra kelib seni olib ketadi deb qo'rqitishardi. 3 sinfgacha o'sha devzradan qo'rqardim. Keyin deyarli hech narsadan qo'rqmas edim. Hattoki yoshligimda do'xtirlardan qo'rqmas edim sababi uydagilarim do'htir. To'g'ri og'rig'iga yig'lagan paytlarim ham bo'lgan lekin yur do'xtirga deyishsa qo'rqmas edim Hozir Javlon meni nazarda tutib kimdur kuchukdan qorqadi dedi. 7- sinfimdan boshlab, to hozirgacha  kattami kichikmi  kuchuklardan yomon  qo'rqaman.chunki  kuchuk meni  yoshligimda  qo'rqitib  qo'ygan. Endi  hozir  kuchuklar bilan  do'stlashishga harakat  qilmoqdaman. Lekin  Javlon maslahati esa  menga kuchukdan  qo'rqmaslik uchun  kuchuk boqgin deydi.  Qanday qilib  kuchukdan qo'rqsam  kuchuk boqaman. Hozir faqat kuchuklardan qo'rqaman.

                                     - Tilaklaringiz…

 - Javlon: Bolalar tilak  qilayotganda yaxshi  narsani tilak qilinglar  san'atkor bolaman  deb orzu qilamanglar  chunki juda  mashaqatli ish, bu  albatta hazil. Yaxshi  o'qinglar agar zo'r  joyda ishlashni  istasangiz yaxshi  o'qinglar. Ko'pincha  kattalar aytadi o'qing,   o'qi deb to'ppa to'g'ri o'qish kerak. Kam bo'lmaysizlar.

- Dilshod: Aziz bolalar men ham Javloni gapiga qo'shilaman. Agar zinani oxiriga chiqishni istasangiz yaxshi o'qing.

Просмотров: 1099 | Добавил: Dj_Umid | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]

Форма входа

Поиск
Календарь
«  Yanvar 2011  »
DuSeChoPaJuShaYa
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
24252627282930
31
Архив записей
Друзья сайта
  • Официальный блог
  • Сообщество uCoz
  • FAQ по системе
  • Инструкции для uCoz
  • ..::Dj.Umid Present::..